09:49 26 Mart 2019
Efir
  • RUB129.72
  • EUR9491.57
  • USD8389.97
Meditsinskiy rabotnik delayet ukol

Rossiyada mehnat migrantlari ommaviy emlanadi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk
Dunyoda
Havola olish
235 0 0

Qizamiq epidemiyasi xavfi mavjud boʻlgan hududlarda mahalliy hukumat mehnat migrantlari orasida yoppasiga emlash oʻtkazishi kerak.

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiya aholisi, jumladan mehnat migrantlari ham qizamiqqa (kor) qarshi emlanadi. Bu haqida huquqiy axborot  portalida eʼlon qilingan hukumat yangi qarorida aytib oʻtilgan.

Ommaviy emlash kasallik xavfi yuqori boʻlgan hududlarda 1 apreldan 1 oktyabrga qadar oʻtkaziladi. Mahalliy hukumat kerakli vaktsinalarni sotib olib mehnat migrantlari orasida ham yoppasiga emlash tashkillashtirishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Yekaterinburgda qizamiq kasali epidemiyasi tufayli mahalliy hukumat mehnat migrantlari orasida ommaviy emlash tashkillashtirgan edi. Oʻshanda bir vaqtning oʻzida 28 kishi kasallangan edi.

Qizamiqqa qarshi ommaviy emlash birinchi navbatda xususiy transport kompaniyalari haydovchilari, quruvchilar hamda yirik savdo tashkilotlari xodimlari orasida oʻtkazilgan edi.

BMTning bolalar fondi UNICEF xabariga koʻra, 2018 yilda Oʻzbekistonda 17 bola qizamiq kasali bilan kasallangan, 2017 yilda esa – biror kishi kasallanmagan.

Oʻtgan 2018 yil statistikasiga koʻra, qizamiq kasaliga chalinganlar soni boʻyicha birinchi oʻrinda Ukraina – 30 ming kishi, Fillipin – 13 ming kishi, Braziliya – 10 ming kishi.

Asosiy mavzular