11:02 23 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Pogranichnik Kыrgыstana

Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasidagi janjalda bir kishi halok boʻldi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Dunyoda
Havola olish
400 0 0

Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 15:15 da qurollangan Qirgʻiziston fuqarolari Tojikiston fuqarolari – “Tojikon” qishlogʻi aholisiga qarata oʻt ochgan.

TOSHKENT, 14 mar - Sputnik. Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasida yana janjal yuzaga keldi. Bu haqda RIA Novostiga Isfara shahri mahalliy hukumat raisi Iqbol Teshayev maʼlum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, ikki davlat chegarasida mahalliy aholi oʻrtasida yuzaga kelgan janjal tufayli Tojikistonning bir fuqarosi oʻldirilgan, boshqasi esa jarohatlangan.

“Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 15:15 da qurollangan Qirgʻiziston fuqarolari Tojikiston fuqarolari – “Tojikon” qishlogʻi aholisiga qarata oʻt ochgan. Hozirda bir Tojikiston fuqarosi oʻldirilgani, boshqasi esa jarohatlangani maʼlum. Janjalning qaytadan yuzaga kelish sabablari ham maʼlum emas”, - dedi u.

Uning soʻzlariga koʻra, Tojikistonning Sugʻd viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzodaning Qirgʻiziston vakillari bilan muzokaralar oʻtkazayotganini qaramasdan janjal davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 13 mart kuni chegaraga yaqin hududda joylashgan Qirgʻiziston va Tojikiston aholisi oʻrtasida mojaro yuz bergani haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular