12:47 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Dunyoda
Havola olish
135610

Rossiyalik prankerlar Shveytsariya prezidenti Uli Maurer nomidan Xuan Guaido bilan "muzokaralar" oʻtkazishdi.

TOSHKENT, 14 mar – Sputnik. Rossiyalik prankerlar Vladimir Kuznetsov (Vovan) va Aleksey Stolyarov (Leksus) Shveytsariya prezidenti Uli Maurer nomidan venesuelalik muxolifatchi Xuan Guaido bilan "muzokaralar" oʻtkazishdi.

“Uli Maurer” amaldagi Venesuela yetakchisi Nikolas Maduroning goʻyoki Shveytsariya bankida boʻlgan millionlarini bloklab qoʻyishni va keyinchalik ushbu mablagʻlarni Guaidoning shaxsiy hisobiga oʻtkazishni taklif qiladi. Shuningdek, “Shveytsariya prezidenti” Guaido “davlat rahbari” sifatida ushbu mablagʻlardan foydalanish huquqiga ega ekanligini taʼkidladi.

Xuan Guaido esa suhbatdoshiga nafaqat oʻz nomidan, balki barcha venesuelaliklar nomidan minnatdorchilik izhor etadi va mablagʻlarni bloklash uchun soʻrov joʻnatishga rozilik beradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Venesuela hukumati AQSH diplomatlariga mamlakat hududini tark etishlari uchun uch kun muhlat bergani haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular