Sud uch milliard rubl pora olganlikda ayblanayotgan deputatni hibsga olishni rad etdi

CC0 / pxhere / Rossiyskie rubli v rukax u jenshini
Rossiyskie rubli v rukax u jenshini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada Yekaterinburg shahrining Lenin tuman sudi tergovchining deputatni hibsga olish haqidagi iltimosnomani rad etdi.

TOShKENT, 15 mar – Sputnik. Rossiyada  Yekaterinburg shahrining Lenin tuman sudi uch milliard rubl pora olganlikda ayblanayotgan Davlat dumasi deputati Vadim Belousovni hibsga olishni rad etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Yekaterinburg shahrining Lenin tuman sudi tergovchining deputatni hibsga olish haqidagi iltimosnomani rad etgan. Hozir tergovchi ushbu qaror ustidan shikoyat keltirishi uchun 3 kun muhlati bor.

Zasedanie Soveta Federatsii RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik senator parlament yig‘ilishi o‘zida qo‘lga olindi

Deputat himoyachisining so‘zlariga ko‘ra, Belousov tergovchining oldiga Davlat dumasi delegatsiyasi tarkibida Belarusga safar qilish masalasini kelishib olish uchun kelgan, “biroq tergovchi sudga uni hibsga olish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat etgan”.

2018 yilning dekabrida Davlat dumasi deputat Vadim Belousovni daxlsizlikdan mahrum etgani va unga qarshi RF JKning "Pora olish" moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atishga rozilik bergandi.

Tergov versiyasiga ko‘ra, 2010-2014 yillar oralig‘ida Belousov Chelyabinsk oblasti sobiq gubernatori Mixail Yuryevich bilan birgalikda “Avtoban” xolding rahbaridan himoya uchun pora olgan. Natijada, xolding tashkilotlariga yo‘llarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi auksionlarda g‘alaba ta’minlab berilgan, pora berganlar nazoratidagi shaxslar esa davlat korxonalari direktorlari lavozimiga tayinlangan. Pora miqdori uch milliard rubldan oshgani ma’lum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0