Qor bo‘roni mollarni tiriklayin qorga ko‘mib tashladi – hayvonlari qutqarish videosi

Obuna bo‘lish
Kadrlarda fermer 2,5 metr qor uyumlari ostida qolib ketgan hayvonlarni qazib chiqarishga urinayotgan holati aks ettirilgan.

TOShKENT, 18 mar – Sputnik. AQShning Janubiy Dakota shtatida kuchli qor yog‘di. Bu kuchli qor bo‘roni mahalliy aholining mollar podasini qor uyumlari ostida qoldirdi.

Ijtimoiy tarmoqda hodisa guvohlaridan biri joylashtirgan video paydo bo‘ldi. Kadrlarda fermer 2,5 metr qor uyumlari ostida qolib ketgan hayvonlarni qazib chiqarishga urinayotgan holati aks ettirilgan.

Janubiy Dakotada bu kabi holatlar muntazam kuzatiladi. Masalan, bir necha yil ilgari kuchli qor bo‘roni 100 ming bosh molning o‘limiga sabab bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0