Dovurak mangust leopard tumshug‘iga bir urib, qochib qoldi

© Sputnik / Evgenya / Mediabankka o‘tishDalnevostochniy leopard v sentre vosproizvodstva redkix vidov jivotnix Moskovskogo zooparka
Dalnevostochniy leopard v sentre vosproizvodstva redkix vidov jivotnix Moskovskogo zooparka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yovvoyi tabiat kutilmagan hodisalarga to‘la, ammo hamisha ham hayvonlar rejalashtirganidek bo‘lavermaydi.

Kattagina mangustlar oilasining hatto birgina vakiliga ozor yetkazishni diliga tugib qo‘ygan har bir yirtqichni mana shunday taqdir kutmoqda.

Kadrlarda yerga yopishib harakatsizlikda turgan leopard aks etgan, u egallagan poza yirtqich istalgan soniyada hujumga o‘tishidan darak beradi.

Leopardga qiziqib qolgan sakkizta mangust, negadir sekinlik bilan u tomon yaqinlasha boshlaydilar.

Qaysidir soniyada leopard ularning birini ushlab olishga harakat qiladi, lekin mangust unga chap berib, leopardning ikkinchi old oyoqlari tomon yuguradi va unga ham chap bergach, katta tezlikda agressor mordasiga qarab sakraydi. Ovchining boshi kutilmagan bu zarbadan orqaga tortib ketadi. Natijada kalovlanib qolgan yirtqich bu mangust kabi boshqalarini ham qo‘ldan boy beradi.

Yangiliklar lentasi
0