Dubayda dunyoning eng yaxshi o‘qituvchisiga bir million dollar topshirildi

© pixabayDollari SShA
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindistonlik tadbirkor Sanni Varkeyning xayriya jamg‘armasi 2015-yildan buyon dunyoning eng yaxshi o‘qituvchisiga mukofot topshiradi. Bu yil g‘oliblikni qo‘lga kiritish maqsadida 179 ta davlatdan 10 ming kishi ariza topshirgan.

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Dunyoning eng yaxshi o‘qituvchisi sovrini va bir million dollarlik mukofot puli keniyalik Piter Tabichiga topshirildi. Bu haqda Dubayning Dubai Media Office matbuot xizmati xabar qildi.

36 yashar Piter Tabichi Keniya o‘rta qishloq maktabida tabiiy fanlar o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritadi. Mukofot tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, Piter Tabichi ishlaydigan maktabda atiga bitta kompyuter bor va bir o‘qituvchiga 58 nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, Tabichi maoshining katta qismini kambag‘allarga berishi bilan xalq mehrini qozongan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Global Teacher Prize (@teacherprize)

Hindistonlik tadbirkor Sanni Varkeyning xayriya jamg‘armasi 2015-yildan buyon dunyoning eng yaxshi o‘qituvchisiga mukofot topshiradi. Bu yil g‘oliblikni qo‘lga kiritish maqsadida 179 ta davlatdan 10 ming kishi ariza topshirgan.

Sanni Varkey jamg‘armasi mukofoti BAA bosh vaziri va Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al Maqtumning patronaji ostida topshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0