09:34 18 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

Qalampirni xush koʻruvchilar uzoq umr koʻrishadi(mi)?

© AP Photo / Ajit Solanki
Dunyoda
Havola olish
1967 0 0

Olimlar yetti yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha boʻlgan qariyb yarim million kishining hayot tarzini kuzatishdi.

TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Qizil qalampirni muntazam isteʼmol qiluvchi kishilar kam hollarda  yurak-qon tomir, nafas olish tizimi va xatarli oʻsimtalar muammolariga duch kelishadi, deb yozadi “KP”.

Garvard universiteti sogʻliqni saqlash maktabi va Brigam ayollar kasalxonasi olimlari yetti yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha boʻlgan qariyb yarim million kishining hayot tarzini kuzatishadi.

Olimlar xulosasiga koʻra, achchiq taʼmli ovqatni xush koʻruvchilar boshqalarga qaraganda 12-14 foizga koʻproq umr koʻrishadi. Achchiq qalampirni isteʼmol qilishlarini aytgan kishilar qator kasalliklardan kamroq vafot etishgan.

Shuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, professor Gennadiy Onishenko ham chili qalampiri tarafdori. U mayda qalampir boʻlaklarini limon sharbati bilan har kuni ichishga harakat qilishini aytgan. U buni organizm uchun katta foydasi borligi taʼkidlagan. Uning soʻzlariga koʻra, bu kuch baxsh etuvchi va kayfiyatni koʻtaruvchi endorfin gormonini ishlab chiqaradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq haddan tashqari miqdorda gazli va shirin ichimliklar ichish yurak va qon-tomir kasalliklari hamda saratondan erta oʻlish ehtimolini sezilarli ravishda oshirishi haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular