04:35 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
61410

Tramp koreys va ingliz tillarida yozilgan hujjatni 28 fevral kuni Xanoyedagi "Metropol" otelida topshirgan.

TOSHKENT, 30 mar - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Xanoyedagi sammit vaqtida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga Qoʻshma Shtatlarga yadroviy qurol va bombalar uchun yoqilgʻini topshirish chaqirigʻi aks etgan hujjatni topshirdi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi hujjatga tayangan holda.

Bu voqeadan xabardor manba soʻzlariga koʻra, Tramp koreys va ingliz tillarida yozilgan hujjatni 28 fevral kuni Xanoyedagi "Metropol" otelida topshirgan.

KXDR va AQShning ikkinchi sammiti Xanoyeda 27-28 fevral kunlari boʻlib oʻtgan. Ikki mamlakat yetakchilari - Donald Tramp va Kim Chen In muzokaralari yakunida birorta hujjat imzolanmadi.

Tramp matbuot-anjumanida KXDR bilan til topisha olmaslik sanktsiyalarni olib tashlash bilan bogʻliqmasligini, Pxenyan "boshqa sohada" yon berishni xohlamaganini maʼlum qilgan. U shuningdek, ikkiyoqlama yangi sammit yaqin oʻrtada oʻtkazilmasligi mumkinligini qayd etgan.

Asosiy mavzular