06:47 13 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

AQSH sovuq urush davridagi strategiyaga qaytishga qaror qildi

© Sputnik / Denis Aslanov
Dunyoda
Havola olish
118610

Bu strategiyaga muvofiq, AQSH armiyasi qoʻshinlarni favqulodda harakatlanishi orqali raqib bilan kuchlar muvozanatini ushlab turishi kerak boʻladi

TOSHKENT, 30 mar – Sputnik. Vashington sovuq urush davrida qoʻllanilgan - Yevropada oʻz qoʻshinlarini favqulodda kuchaytirish strategiyasiga qaytmoqda, deb xabar qildi AQSH Mudofaa vazirligining rasmiy gazteasi boʻlmish Stars and Stripes.

"Endilikda qurolli kuchlar qoʻshinlarni kutilmaganda kuchaytirish sanʼatini qaytadan oʻrganib - Pentagonning "Kuchlardan jaddalik ila foydalanish" sifatida mashhur boʻlgan yangi strategiyasiga moslashmoqda. Bu strategiyaga muvofiq, armiya qoʻshinlarning favqulodda harakatlanishi orqali raqib bilan kuchlar muvozanatini ushlab turishi kerak boʻladi", - deb yozadi nashr.

Stars and Stripes AQSH armiyasi piyodalar bataloni mart oyida Texasdan Polshaga oʻtkazilganini misol tariqasida keltirib oʻtgan. Bunday qarorlar sovuq urush davridagi - Sovet ittifoqiga qarshi turish strategiyasini eslatadi. Oʻshanda strategiyaning asosiy xususiyatlaridan biri amerika boʻlinmalarining mobilizatsiyasi ularni oldindan ogohlantirmasdan amalga oshirish boʻlgan.

"Bu muntazam ravishda kuzatiladi. Bizning har qanday raqiblarimizga, ular qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar, bu kutilmaganda sodir boʻladi. Bu bizning milliy xavfsizligimiz uchun ham yaxshi. Hamma gap (raqibni - tahr.) jilovlab turishda va tayyorgarlikda (qoʻshinlar tayyorgarligida, - tahr.)", - deya iqtibos keltirgan nashr AQShning Yevropadagi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari general-mayor Jon Gronskidan.

Ilgariroq, Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari Mixail Popov RF Mudofaa vazirligi nashri - "Krasnaya zvezda"ga bergan intervyusida, NATO oʻz qoʻshinlarini Rossiya chegarasi yaqiniga tashlayotgani haqida gapirgan edi. Popov soʻzlariga koʻra, alyans sovuq urush davrida amalda boʻlgan - AQSH va Kanadadan qoʻshinlarni transatlantik koʻchirish orqali kuchaytirish tizimini qayta tiklamoqda.

Popov xabariga koʻra, shiddat bilan "javob qaytaruvchi" alyans kontingenti soni ikki yil ichida 25 ming nafardan 40 ming nafarga oshgan.

Asosiy mavzular