Ukraina prezidenti saylovida aktor Zelenskiy yetakchilik qilmoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezidentskie vibori na Ukraine
Prezidentskie vibori na Ukraine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti saylovida jami 63,52 % saylovchilar ishtirok etdi.

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Ukrainada kecha bo‘lib o‘tgan prezident saylovida aktor va shoumen Vladimir Zelenskiy 30,22 % ovoz to‘pladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Prezidentskie vibori na Ukraine - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina prezidenti saylovida 45% saylovchilar ovoz berdi

Ayni damda Markziy saylov qo‘mitasi 40% dan ortiq bulletenlarni hisoblab chiqishga ulgurgan. Ukrainaning amaldagi prezidenti Petr Poroshenko 16,65 % ovoz to‘plagan. Uchinchi o‘rinda 13,13 % ovoz bilan "Batkivshina" partiyasi rahbari Yuliya Timoshenko.

To‘rtinchi o‘rinda “Za jizn” muxolift uyushmasi yetakchisi Yuriy Boyko - 11,48 % ovoz bilan. Prezident saylovida jami 63,52 % saylovchilar ishtirok etdi.

Ukraina qonunchililiga ko‘ra prezident saylovida g‘olib chiqish uchun 50 %dan ko‘p ovoz to‘plash kerak. Saylov natijalariga ko‘ra Zelenskiy va Poroshenko saylovning ikkinchi bosqichiga o‘tishdi. Ikkinchi bosqich 21-aprelda bo‘lib o‘tadi.

Ukraina Markaziy saylov qo‘mitasi saylov jarayonida jiddiy qonunbuzarliklar qayd bo‘lmaganini xabar qildi. Politsiyaga saylovlardagi qonunbuzarliklar haqida 1,9 mingta xabar kelib tushdi, 31ta jinoiy ish ochildi.

Yangiliklar lentasi
0