23:56 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
3 aprelya 2019. Prezident RF Vladimir Putin i prezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev (sleva) vo vremya vstrechi.

Rossiya Qozogʻistonda AES qurishni taklif qildi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Dunyoda
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (23)
518 0 0

Rossiya Qozogʻistonda atom elektr stantsiyasini qurishni taklif qildi.

TOSHKENT, 3 apr – Sputnik. Moskva Nur-Sultonga atom elektr stantsiya qurishni taklif qildi.

Bu haqda Vladimir Putin Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bilan oʻtkazilgan muzokaralar yakunlari boʻyicha maʼlum qildi.

“Hamkorlikning yangi shakllariga oʻtishni taklif qilamiz. Yaʼni, birinchi navbatda Rossiya texnologiyalari boʻyicha Qozogʻistonda AES qurish imkoniyati haqida”, - dedi Rossiya yetakchisi.

Shuningdek, prezident ikki mamlakat neft-gaz sohasida faol hamkorlik olib borilayotganini qayd etdi.

“Lukoyl qozogʻistonlik sheriklar bilan hamkorlikda Kaspiyda “Markaziy” konini oʻrganish boʻyicha korxona tuzildi”, - dedi prezident.

Eslatib oʻtamiz, bugun Qozogʻiston prezidenti oʻzining Moskvaga ilk xorijiy tashrifini boshladi.  

Tashrif davomida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolash koʻzda tutilgan.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (23)

Asosiy mavzular