Hammasi endi boshlanadi: Poroshenko Zelenskiyning chaqirig‘ini qabul qildi

© Foto : Studio Kvartal 95Akter Vladimir Zelenskiy v seriale "Sluga naroda 2"
Akter Vladimir Zelenskiy v seriale Sluga naroda 2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikkinchi turda 30,24 foiz ovoz to‘plagan Vladimir Zelenskiy va 15,95 foiz ovoz to‘plagan Potr Poroshenko prezidentlik kursisi uchun o‘zaro kurash olib borishadi.

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Ukrainaning amaldagi prezidenti Potr Poroshenko saylovlarning birinchi turi g‘olibi Vladimir Zelenskiyning debatlarni telestudiyada emas, balki stadionda o‘tkazish haqidagi taklifiga rozilik berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Kiyev stadionda xalq oldida debat o‘tkazish saylovlarning birinchi turida g‘olib bo‘lib, ikkinchi turga o‘tgan nomzod Vladimir Zelenskiy tomonidan taklif etilgan edi. U Poroshenkoga o‘ylab ko‘rish uchun 24 soat muhlat bergan edi.

“Iltimos, prezident saylovlari haqidagi qonunda debatlar o‘tkazish tartibi haqida keltirilgan joyni o‘qib oling. Debatlar Jamoatchilik televideniyesi bazasida o‘tkazilib, o‘n millionlab kishilar uchun barcha telekanallarda translyatsiya qilinishi mumkin. Mayli, stadionda bo‘lsa stadionda bo‘laqolsin. Men sizni kutaman, Vladimir Aleksandrovich”, — deya murojaat qilgan Poroshenko Twitter sahifasida.

Qonunga binoan, teledebatlar juma, 19-aprel kuni bo‘lib o‘tishi lozim.

Ukraina prezidenti saylovlarining ikkinchi turi o‘tkaziladi

Ukraina prezidenti saylovlari 31-mart kuni o‘tkazildi. Ukraina MSKning ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi turda g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun kurash olib borgan nomzodlardan hech qaysisi yetarlicha ovoz to‘play olmagan. Shuning uchun saylovlarning ikkinchi turi 21-aprel kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ikkinchi turda 30,24 foiz ovoz to‘plagan Vladimir Zelenskiy va 15,95 foiz ovoz to‘plagan Potr Poroshenko prezidentlik kursisi uchun o‘zaro kurash olib borishadi.

Ukraina prezidenti saylovida aktor Zelenskiy yetakchilik qilmoqda

Yangiliklar lentasi
0