Venesuelada Guaido ustidan sud boshlandi

© Sputnik / Marko Belo / Mediabankka o‘tishVstrecha X. Guaido s jitelyami Karakasa
Vstrecha X. Guaido s jitelyami Karakasa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda jinoiy ish Venesuela Oliy sudi va bosh prokurori nazorati ostida.

TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Venesuelada Xuan Guaido ustidan sud jarayoni boshlandi. Bu haqda RIA Novosti Milliy ta’sis majlisining huquq masalalari bo‘yicha komissiya rahbari Xulio Garsiya Serpa so‘zlariga tayanib xabar qilmoqda.

Uning aytishiga ko‘ra, hozirda jinoiy ish Venesuela Oliy sudi va bosh prokurori nazorati ostida.

Glava Natsionalnogo sobraniya Venesueli i lider oppozitsii Xuan Guaido - Sputnik O‘zbekiston
Vaqti keldi: Guaido Maduroni “ag‘darish” sanasini belgiladi

“U barcha qilgan ishlari uchun javob berishi shart. U vatan xoinligi uchun javob berishi lozim”, - deya ta’kidladi Serpa.

Seshanba kuni Milliy ta’sis majlisi muxolifat yetakchisi Xuan Guaidoga nisbatan jinoiy ish jarayonini davom ettirishni ma’qullagan edi.

Shuningdek, majlis rahbari Diosdado Kabelo bu Guaido deputatlik daxlsizligidan mahrum etilganini anglatishini ma’lum qilgan edi.

Venesuelada davlat to‘ntarilishi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

2019 yilning yanvarida Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaido o‘zini muvaqqat prezident sifatida e’lon qilgan edi. Guaidoni AQSh va boshqa o‘nlab davlatlar qo‘llab-quvvatlagan. Rossiya, Xitoy va ayrim davlatlar esa Venesuelaning qonuniy prezidenti Maduroni qo‘llab-quvvatlashda davom etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0