12:34 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Vizit glavы MID RF S. Lavrova v Severnuyu Koreyu

Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiyaga tashrif buyuradi

TASS/POOL
Dunyoda
Havola olish
196 0 0

KXDR yetakchisi va Rossiya prezidenti aprel oyi oxirida uchrashishi mumkin.

TOSHKENT, 15 apr – Sputnik.  KXDR davlat kengashi raisi Kim Chen In keyingi haftada Rossiyaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Yonhap nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Rossiya-Shimoliy Koreya sammiti Vladivostokda boʻlib oʻtadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyda 26-27 aprel kuni “Bir belbogʻ – bir yoʻl” xalqaro forumida ishtirok etadi.

Kim Chen In bilan uchrashuv sammitdan bir-ikki kun avval yoki tadbirdan keyin oʻtkaziladi.

KXDR davlat kengashi oʻrinbosari Kim Chxan Son 19-25 martda Moskva va Vladivostokka tashrif buyurgandi.  

Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Igor Morgulov va Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri Im Chxon bilan siyosiy munosabatlar rejasini muhokama qilishdi.

Eslatib oʻtamiz, mart oyi yakunida AQSH prezidenti Donald Tramp Xanoyedagi sammit vaqtida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga Qoʻshma Shtatlarga yadroviy qurol va bombalar uchun yoqilgʻini topshirish chaqirigʻi aks etgan hujjatni topshirganligi haqida xabar bergandik.

Tramp koreys va ingliz tillarida yozilgan hujjatni 28 fevral kuni Xanoyedagi "Metropol" otelida topshirgan.

 

 

Asosiy mavzular