22:56 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.53
  • EUR9554.57
  • USD8455.37
Britanskaya submarina

Britaniya atom suv osti kemasi harbiylari kokain uchun qoʻlga olindi - OAV

BEN STANSALL / AFP
Dunyoda
Havola olish
142 0 0

Britaniyaning HMS Talent suv osti kemasi yetti nafar harbiy xizmatchilari kokain isteʼmol qilgani uchun xizmatdan chetlashtirildi.

TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. Britaniyaning HMS Talent suv osti kemasi yetti nafar harbiy xizmatchilari kokain isteʼmol qilgani uchun operatsiyadan chetlashtirildi.

Bu haqda RIA Novosti Daily Mail nashriga asosan xabar qildi.

Britaniya harbiylari Shimoliy dengida Rossiya suv kemalarini kuzatish boʻyicha operatsiya oʻtkazishni rejalashtirishgan.  

Taʼkidlanishicha, suv osti kemasi Devonportga kelgandan soʻng, kema ekipaji kechki bazmdan soʻng narkotiklarga testdan oʻta olishmadi.

Sinov natijalari harbiy politsiyaga yuborildi. Shundan keyin HMS Talent kemasi portdan chiqishi qoldirildi.

Daily Mail nashri yozishicha, bu atom suv kemasiga toʻlaqonli ekipaj zarur.

HMS Talent (S 92) atom suv kemasi – Buyuk Britaniya Trafalgar yettita suv osti kemasi toifasiga kiruvchi oltinchi kema hisoblanadi. 1990 yilda suv osti kemasidan foydalanish boshlangan. Kemada Tomahawk qanotli raketalarini olib yurish moʻljallangan.

Britaniya flotida bu kabi mojaro 2017 yilda ham boʻlgan. Oʻsha vaqtda HMS Vigilant atom suv osti kemasida narkotik moddalarni isʼtemol qilgan toʻqqiz nafar harbiylar xizmatdan boʻshatilgan.

Asosiy mavzular