03:28 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Kazuar

AQShda dunyoda eng xavfli qush oʻz egasini oʻldirib qoʻydi

CC BY 2.0 / Paul IJsendoorn
Dunyoda
Havola olish
130720

Kazuar dunyoda eng xavfli qush sifatida Ginness rekordlar Kitobiga kiritilgan.

TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. AQShda kazuar zotli qush oʻz egasini oʻldirib qoʻydi. Bu haqda RIA Novosti Evening Standart nashriga asosan xabar qildi.

Baxtsiz xodisa Florida shtatida sodir boʻldi.

Alachua okrugi qutqaruv xizmatida maʼlumotiga koʻra,  kazuar qushi oʻz egasi 75 yoshli Marvin Axosaga hujum qildi. Yirtqich qush Axosa toʻsatdan yiqilganda unga kuchli zarba berdi.

Yirtqich qush fermaga olib joylashtirildi.

Kazuar dunyoda eng xavfli qush sifatida Ginness rekordlar Kitobiga kiritilgan. Bu qushning balandligi ikki metrgacha boʻlishi, ogʻirligi esa 60 kiloga yetishi mumkin.

Bu uchmaydigan qushlar soatiga 50 km tezlashishi mumkin.

Qush tirnogʻining uzunligi 10 smgacha boʻlishi mumkin. Kazuar oʻzining baquvvat oyoqlari bilan juda ogʻir zarba berishi mumkin.

Bundan avval minglab zaharli qurbaqalar Floridaning Palm-Bich-Gardens shahri koʻchalarini toʻldirib yuborib, mahalliy aholiga hujum qilgani haqida xabar bergandik. 

Qurbaqalar bogʻlar, hovuzlar, yoʻlovchi yoʻlkalari va hatto turar joy binolarini toʻldirib yuborishdi. Mutaxassislar shahar aholisini diqqatli boʻlishga chaqirmoqda. Chunki qurbaqalarning boshi zaharli suyuqlik bilan qoplangan.

Aga zotli qurbaqa Floridaga Markaziy va Janubiy Amerikadan keltirilgan.

Asosiy mavzular