13:33 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

Dunyodagi eng ulkan samolyotning birinchi parvozi boʻlib oʻtdi

© hightech.fm
Dunyoda
Havola olish
530 0 0

Los-Anjelesda koinotga raketlar uchirishga moʻljallangan 6 dvigatelli eng ulkan samolyotning sinov parvozi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. AQShning Los-Anjeles shahri yaqinida joylashgan aeroportda 13 aprel kuni dunyoda eng ulkan samolyotning birinchi pavozi amalga oshirildi.

Stratolauch Systems

Dunyoning eng ulkan samolyoti ikki fyuzelyajga ega boʻlib, qanotlari kengligi 117 metrni tashkil qiladi. Samolyot 6 ta  Boing dvigatellari, 28 ta gʻildirak bilan jihozlangan.

Stratolaunch Systems kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu gigant samolyotning asl maqsadi raketa, sunʼiy yoʻldosh va koʻp martali kosmik kemalarni Yer yuzidan 16 000 metr balandlikka olib chiqishdir. 16 km balandlikda, yer sharining torish kuchi sezilarli darjada past boʻlganligi tufayli kosmik kemalar kamroq energiya sarf qilgan holda koinotga parvoz qilishldari mumkin. Kompaniya ushbu samolyot yordamida birinchi sputnikni 2020 yilda koinotga uchrishni rejalashtirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ushbu kunga qadar dunyoning eng yirik samolyoti sobiq Ittifoqda ishlab chiqilgan An-225 Mriya harbiy-transport samolyoti edi. Samolyot qanotlari kengligi 88 metr boʻlib u ham 6ta dvigatel bilan jihozlangan. Uning yuk koʻtarish qobiliyati 250 tonnagacha boʻlgan.

Asosiy mavzular