Jinsiy tajovuz va tuhmat: o‘zbekistonlik dizayner sobiq yigitidan 10 mln dollar talab qildi

Obuna bo‘lish
Sobiq sevishganlar kvartirada birga ijarada turishgan. Keyinchalik ular orasida nizo chiqib, bir-birini kaltaklashadi. Juftlik bir vaqtning o‘zida politsiya chaqiradi. Hozirgi vaqtda sud bahsi davom etmoqda.

TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Dizayner Anastasiya Vitkina sobiq yigiti Bendjamin Benalluldan yirik miqdordagi kompensatsiya to‘lovini talab qilmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.

Kazuar - Sputnik O‘zbekiston
AQShda dunyoda eng xavfli qush o‘z egasini o‘ldirib qo‘ydi

O‘z navbatida Benallul Vitkinani maishiy zo‘ravonlik uchun hisbga olinishiga erishdi.   

Vitkina – O‘zbekiston fuqarosi, Rossiyada yashagan, 2010-2012 yillarda aktor Djimi Kerri bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani uchun OAVlar e’tiboriga tushgan.

2012 yilda Kerri Vitkinaga turmushga chiqishga taklif qilgan, biroq keyinchalik to‘y bekor qilindi.

Vitkina va Benallul 2016-2017 yilda ishqiy munosabatda bo‘lishgan. Bugungi kunda esa ayol sobiq sevgilisini o‘ziga nisbatan jinsiy tajovuz, qasddan sudlov ta’qibi, noqonuniy ozodlikdan mahrum etish va ma’naviy ziyon yetkazish, tuhmat qilishda ayblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vitkina 2017-yil fevralda Benallul bilan mojarodan so‘ng hibsga olindi. Unga nisbatan maishiy zo‘ravonlik sodir etish bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Keyinchalik sud ishni to‘xtatdi.

Vitkinaning advokatlari tayyorlagan da’vo arizasida aytilishicha, aslida Vitkina Benalluldan jabr ko‘rgan.

Yangiliklar lentasi
0