09:10 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Korabli VMS SSHA v more

AQSH Rossiyaga qarshi turish uchun robotlashtirilgan kemalar flotini yaratmoqchi - NI

© Flickr / Official U.S. Navy Page
Dunyoda
Havola olish
33710

Bundan tashqari, AQSH ayni vaqtda avtomatlashtirilgan kemalar flotiliyasi va suvosti qayiqlari boshqaruv markazi sifatida xizmat qiluvchi yangi birinchi raketali fregatni ishlab chiqarish bilan band. Bunday fregatlar soni keyinchalik 20taga yetkaziladi.

TOSHKENT, 18 apr – Sputnik. AQSH harbiy-dengiz kuchlari 2024 yilga borib robotlashtirilgan kemalardan foydalanish hisobiga oʻz floti sonini sezilarli oshirmoqchi. Bularning barchasi Rossiya va Xitoy bilan kimoʻzar oʻynash maqsadida amalga oshiriladi, deb yozgan National Interest.

Xususan, AQSH suv ustida suzuvchi avtomatlashtirilgan yirik kemalar va toʻqqizta yirik robotlashtirilgan submarinalar xaridi uchun 4 milliard dollar atrofida harajat qilishni rejalashtirmoqda. Taxminlarga koʻra, vaqt oʻtib ushbu harajatlar miqdori keskin oshishi ham mumkin.

Nashrda yozilishicha, AQSH HDK yuqori martabali amaldorlari yuzlab dengizchilar xizmat olib borayotgan yirik amerika kemalari Rossiya va Xitoy raketalari uchun zaif, deya havotirlangani uchun bunday flot yaratilishiga ehtiyoj tugʻilgan.

Amerika armiyasi kontr-admirali Rendi Krayts nashrga bergan intervyusida yangi robotlashtirilgan kemalar "aniqlash va hujum qilish funktsiyalarini bajarishi" haqida aytib oʻtgan.

Kontr-admiral soʻzlariga koʻra, avtomatlashtirilgan kemalar qurolli kuchlar safida xizmatda boʻlgan kemalardan narx tomondan taqqoslaganda arzon, hajm jihatdan kichik va boshqaruv tomondan mustaqil boʻladi. Bundan tashqari, AQSH ayni vaqtda avtomatlashtirilgan kemalar flotiliyasi va suvosti qayiqlari boshqaruv markazi sifatida xizmat qiluvchi yangi birinchi raketali fregatni ishlab chiqarish bilan band. Bunday fregatlar soni keyinchalik 20taga yetkaziladi. 2020 yil harbiy byudjeti doirasida birinchi fregat uchun 1,3 milliard dollar ajratilishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular