10:41 18 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Ucheniya NATO v Estonii

Frantsiya Rossiya chegarasi yaqiniga oʻz harbiylarini joʻnatmoqda

© Sputnik / Sergey Stepanov
Dunyoda
Havola olish
641 0 0

Frantsiya harbiylari Tapa shahrida, bu shahar Rossiya chegarasidani atigi 140 km uzoqlikda joylashadi.

TOSHKENT, 19 apr – Sputnik. 23 aprel kuni Frantsiyadan Estoniyaga uch yuzga yaqin harbiy xizmatchi, 4 ta tank va 20 harbiy mashina keladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Harbiylar Tapa shahrida, bu shahar Rossiya chegarasidani atigi 140 km uzoqlikda joylashadi.

Frantsiya harbiylarining Estoniyada joylashuvi NATO missiyasi ittifoqning Boltiqboʻyi va Polshada harbiy ishtirokini kuchaytirish boʻyicha NATO missiyasi doirasida amalga oshiriladi.

Harbiy texnika temir yoʻl orqali olib boriladi.

Taʼkidlanishicha, Frantsiya harbiylari Estoniyada avgust oyi oxirigigacha boʻladi.

Rossiya oxirgi yillarda oʻzining gʻarbiy chegaralarida NATOning juda faoligini qayd etdi.

Alyans oʻzining tashabbuslarni kengaytirib, uni “Rossiya  agressiyasini toʻxtatish” deb atamoqda.

Kreml bir necha marta Moskva hech kimga tahdid solmasligini, ammo uning manfaatlariga xavf tugʻdiradigan ishlarni eʼtiborsiz qoldirmasligini taʼkidladi.

Asosiy mavzular