15:28 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Vtoroy tur vыborov prezidenta Ukrainы

Vladimir Zelenskiy haqida: shaxsiy hayoti, mol-mulki va saylov oldi vaʼdalari

© Sputnik / Stringer
Dunyoda
Havola olish
167910

Ukrainada Vladimir Zelenskiy taniqli teleboshlovchi, qiziqchi, rejissyor va prodyusser hisoblanadi. Rossiyada romantik komediyalarda suratga tushgan aktyor sifatida tanilgan.

Yaqinda 41 yoshli Zelenskiyni yangi qiyofada – siyosatchi va Ukraina prezidentligiga nomzod sifatida hammaga maʼlum boʻldi.

Zelenskiy saylovlarning birinchi bosqichida raqiblardan oʻzib ketdi. Amaldagi prezident Petr Poroshenko bilan ikkinchi bosqichga oʻtdi.

Ukrainining boʻlajak prezidenti Vladimir Zelenskiy nima bilan qiziq?

Vladimir Zelenskiyning yoshligi

Vladimir Zelenskiy 1978 yilda 25 yanvarda Krivoy Rog (Ukraina SSSR hududi) shahrida tugʻilgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Vladimir Zelenskiy (@zelenskiy_official)

Otasi - Aleksandr Zelenskiy dasturchi boʻlgan, texnika fanlari doktori, professor, Krivoy Rog iqtisodiyot intitutining informatika kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.

Onasi - Rimma Zelenskaya 40 yil muhandis boʻlib ishlagan.

Vladimir bolalik chogʻida 4 yil Mongoliyaning Erdenete shahrida yashagan. U yerda otasi xizmat safarida boʻlgan, shu shaharda Zelenskiy birinchi sinfni tamomlaydi.

Keyinchalik oila Krivoy Rog shahriga qaytadi, u yerda ingliz tili chuqur oʻrgatiladigan maktabda tahsil oladi.

Ukrainaning boʻlajak prezident juda qobiliyatli bola boʻlgan. U sportni juda yaxshi koʻrgan, yunon-rim kurashi, ogʻir atletika, voleybol va basketbol sport turlari bilan shugʻullangan.

Bundan tashqari, Zelenskiy pianino va bal raqs toʻgaragida ham shugʻullangan. Vladimir maktab havaskorlik ishlarida faol qatnashgan.

1995 yilda maktabni ikkita toʻrt baho bilan tugatdi.

Zelenskiyga Isroilda bepul taʼlim olish boʻyicha grand taqdim etilgan, biroq uning otasi bunga qarshilik qildi.

Shuning uchun Zelenskiy Krivoy Rog iqtisodiyot intitutining huquqshunoslik mutaxassisligiga kirib, uni tamomlaydi. Biroq oʻz yoʻnalishi boʻyicha hech qachon ishlamaydi.

Vladimir Zelenskiy KVN va "Kvartal-95"da

Maktab chogʻida Zelenskiy KVNga qiziqadi. Talabalik davrida KVNda turli jamoalarda ishtirok etadi (“Molodoy Krivoy Rog”, "Zaporojye — Krivoy Rog — Tranzit").

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Vladimir Zelenskiy (@zelenskiy_official)

1997 yilda uning jamoasi KVNning Oliy ligasida chempion boʻlganda, Zelenskiy doʻstlari bilan "95-chi kvartal" jamoasini tuzadi. Vladimir Zelenskiy jamoa sardori boʻladi.

Jamoa ikki karra KVNning ikkinchi musiqa festivali mukofoti gʻolibi boʻladi.

2003 yilda AMiK kompaniyasi bilan kelisha olmay qoladi va Zelenskiy KVNni tark etadi.

2005 yilda Ukrainada "Inter" telekanalida teleshou dasturiga rejissyorlik va boshlovchilik qiladi. Shou qisqa vaqt ichida mamlakat auditoriya orasida KVN va Comedy Club dasturlarini ortda qoldiradi.

"95-chi kvartal" jamoasi “Kvartal-95” studiyasiga aylanadi. Uning egalari Vladimir Zelenskiy, Boris va Sergey Shefir, Andrey Yakovlev. Studiya bir nechta teleloyihalarni yoʻlga qoʻyadi.

Vladimir Zelenskiyning shaxsiy hayoti

2003 yilda Vladimir Zelenskiy maktabdagi muhabbati Yelena Kiyashko bilan turmush quradi.

Yelena Krivorojsk texnik universitetini qizil diplom bilan tamomlaydi. Mutaxassisligi arxitektor.

Oilada ikkita farzand – Aleksandra (15 yosh) va Kirill (6 yosh).

Yelena “Kvartal-95” studiyasining mualliflaridan biri hisoblanadi.

Vladimir Zelenskiyning mol-mulki

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Zelenskiy oilasi 5 ta kvartiraga egalik qiladi.

Boʻlajak Ukraina prezidenti Land Rover, uning rafiqasi Yelena esa Mercedes-Benz S 500 4 Matic mashinasida yuradi.

Bundan tashqari, oilada Breguet, Tag Heuer, Rolex, Piaget markali soatlar, shuningdek, Graff, Bovet, Breguet zargarlik buyumlari mavjud.

OAVlarga qaraganda, Zelenskiy oilasida qimmatbaho qogʻozlar, Kipr va Britan Virginsk orollari kompaniyalarining aktsiyalari bor.  

Zelenskiylar oilasi 9 ta kompaniyalarda korporativ egalik huquqi mavjud.

2017 yilda Vladimir Zelenskiy oʻz daromadi sifatida 280 ming dollar deklaratsiya qilgan. Bank hisoblarida 434 ming dollar (asosan Latviyadagi Privatbankda) va 1,2 million griven (44,6 ming dollar) mavjud.

Vladimir Zelenskiyning siyosiy karyerasi

2017 yilda “Kvartal-95” studiyasi yumoristlari “Xalq xizmatchisi” (Sluga naroda) siyosiy partiyani roʻyxatdan oʻtkazishdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Vladimir Zelenskiy (@zelenskiy_official)

2019 yil 1 yanvarda Zelenskiy Ukraina prezidenti saylovlarida oʻz nomzodini qoʻyishini maʼlum qilgandi. 21 yanvarda aktyor Ukrainaning Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirdi.

Birinchi saylov yakunlari boʻyicha Zelenskiy birinchi pogʻonaga chiqdi.

Matbuotda Zelenskiy oligarx Igor Kolomoyskiy tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi versiyasi keng tarqalgan. Partiya saylov kampaniyasiga 5,5 million dollar sarflagani maʼlum.

Zelenskiyning saylov oldidan bergan vaʼdalari

Prezidentlikka nomzod Ukraina fuqarolariga faqat bir muddat -  5 yil prezidentlik lavozimini egallashini aytdi.

Shuningdek, Zelenskiy quyidagilarni vaʼda qildi.

- Donbassda urushni toʻxtatishga kelishish;

- vaqtincha okkupatsiya qilingan hududlarni qaytarish va Rossiyadan yetkazilgan zararni qoplash;

- parlament deputatlari, sudyalar va prezident oʻzi daxlsizlik huquqidan mahrum etish boʻyicha referendum oʻtkazish;

- iqtisodiyotni detenizatsiyasiga (oqlash) erishish;

- Ukrainani NATOga aʼzo boʻlish masalasida referendum oʻtkazish;

- Ukraina harbiylarining maoshlarini “NATO standarti” darajasiga yetkazish;

- yigʻilishga kelmaydigan deputatlarni mandatidan mahrum qilish;

- yoshlar uchun uy-joy kredit dasturini tiklash;

- “Ukrainaliklarni iqtisodiy pasporti”ni joriy qilish, unda davlat tomonidan tabiiy boyliklarni sotishdan tushgan mablagʻning bir qismini toʻplash mumkin boʻladi.

Asosiy mavzular