Nazarboyev kimni prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishNursultan Nazarbayev
Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nursulton Nazarboyev Nur Otan partiyasidan Qozog‘iston prezidentligiga kimni nomzod sifatida ilgari surishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Nursulton Nazarboyev Kasim-Jomart Tokayevni Nur Otan partiyasidan Qozog‘iston prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surishni taklif qildi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qilmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

“Men partiya raisi sifatida Kasim-Jomart Tokayev nomzodini ko‘rib chiqish uchun taklif etaman. Mamlakatdagi yuksak lavozimga eng munosib nomzod deb hisoblayman. Hammangizni partiyamiz nomzodini qo‘lllab-quvvatlashga va unga ovoz berishga chaqiraman”, - dedi Nazarboyev partiyaning navbatdan tashqari qurultoyida.

Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Kasim-Jomart Tokayev qozog‘istonliklarga murojaat qilib, shu yilning 9 iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qilgan edi.

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 19 mart kuni televidenie orqali millatga murojaat qilib, iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Saylovgacha Qozog‘iston prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Kasim-Jomart Tokayev bajarib turadi.

Yangiliklar lentasi
0