13:59 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Adolf Gitler

AQSH razvedkasi Gitlerni Argentinaga qochib ketishi haqida maxfiy hujjatni oshkor qildi

© AP Photo /
Dunyoda
Havola olish
166920

AQSH Federal qidiruv byurosi Gitlerni Argentinaga “qochib ketishi” toʻgʻrisida maxfiy hujjatlarni oshkor qildi.

TOSHKENT, 23 apr – Sputnik. AQSH Federal qidiruv byurosi Gitlerni 1945 yilda Argentinaga qochib ketishi haqida maxfiy hujjatlarni oshkor qildi.

Eʼlon qilingan hujjatlarga koʻra, Gitler suv osti kemada Janubiy Amerikaga yetib borgan. 

Rassekrechennыe dokumentы FBR o rassledovanii versii begstva Adolfa Gitlera v Argentinu
Rassekrechennыe dokumentы FBR o rassledovanii versii begstva Adolfa Gitlera v Argentinu

Argentinaning 6 nafar yuqori lavozimli shaxslar unga boshpana – And shimoliy qismida rancho bergan.

Taʼkidlanishicha, maʼlumotlar FBR direktori Edgar Guverga yetib borgan. Ammo byuroning rahbariyati ularni “toʻliqsiz” deb hisoblab, Gitlerni bu maʼlumot asosida qidirishni davom ettirish mumkin emasligiga qaror qildi.

Rassekrechennыe dokumentы FBR o rassledovanii versii begstva Adolfa Gitlera v Argentinu
Rassekrechennыe dokumentы FBR o rassledovanii versii begstva Adolfa Gitlera v Argentinu

Birinchi bayonotning sanasi 1945 yil 21 sentyabr deb qayd etilgan.

Rassekrechennыe dokumentы FBR o rassledovanii versii begstva Adolfa Gitlera v Argentinu
Rassekrechennыe dokumentы FBR o rassledovanii versii begstva Adolfa Gitlera v Argentinu

Rasmiy maʼlumotlarga qaraganda, Adolf Gitler 1945 yil 30 aprel kuni oʻz joniga qasd qilgan.

Oʻtgan yil oktyabr oyida AQSH razvedkasi Gitlerning jinsiy hayoti haqidagi maxfiy maʼlumotni oshkor etgandi.

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi maxfiy hisobotida aytilishicha, Germaniya fashistik davlati yetakchisi Adolf Gitler sadomaxistik moyilliklariga ega boʻlgan. Oʻzini gomoseksual va geteroseksual oriyentatsiyasida deb hisoblagan.

Hisobotda aytilishicha, Gitler “sadomazaxistik, yoshlikda gomoseksualizmga moyilligi” boʻlgan. Bundan tashqari, Gitler oʻzining boʻlajak oʻrinbosari Rudolf Gessega nisbatan shahvoniy qiziqishi boʻlgan. Ular 20 yillarda birga qamoqda boʻlishgan.

Hisobotda qayd etilishicha, Gess gomoseksual boʻlib, “unda ayollar liboslarini kiyish odati boʻlgani” uchun “Froylen Anna” laqabini olgan.

Shuningdek, hisobotda Gitler “yosh yigitlarga qarashdan estetik zavq olgan”.

Hisobotda Gitlerning jinsiy hayotidagi faktlardan tashqari, uning bolaligi, taʼlimi, yaxshi koʻrgan taomlari, musiqa va odatlari haqida maʼlumotlar bayon etilgan.

Asosiy mavzular