Kim Chen In Rossiyada qaysi masalalarni muhokama qiladi?

© Press-slujba Administratsii Primorskogo kraya / Mediabankka o‘tishLider KNDR Kim Chen In pribil v Rossiyu
Lider KNDR Kim Chen In pribil v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Vladimir Putin bilan uchrashgani Rossiyaga yetib keldi.

TOShKENT, 24 apr – Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Vladimir Putin bilan uchrashgani Rossiyaga yetib keldi. Bu haqda RIA Novostining Primorye ma’muriyatidagi manbasi xabar qilgan.

Severokoreyskiy lider Kim Chen Ir v Priamurye - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Kim Chen In qachon va qayerda uchrashishi ma’lum bo‘ldi

Xabarda yozilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisining zirhli poyezdi erta tongda Rossiya-Shimoliy Koreya chegarasini kesib o‘tib, Xasan stansiyasiga kelib to‘xtagan.

Agentlikning ma’lum qilishicha, Kim Chen In va uning hamrohlari rus an’anasiga ko‘ra tuz va non bilan kutib olingan.

Ushbu tashrif Kim Chen Inning Rossiyaga ilk tashrifi bo‘ldi. Shimoliy Koreya rahbarining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi 25-aprelda rejalashtirilgan. Uchrashuv Uzoq Sharq federal universitetida bo‘lib o‘tadi.

“Sammitning asosiy mavzulari – Koreys yarimorolining yadro masalalarini tartibga solish va ikki tomonlama munosabatlar”, - deyiladi xabarda.

Ma’lum qilishicha, Kim Chen In Vladivostokda 27-aprelgacha bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0