13:57 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Demonstrantы s flagom IG. Arxivnoye foto

“Islom davlati” qayerda qayta tiklanishi mumkinligi maʼlum qilindi

© AFP 2018 / TAUSEEF MUSTAFA
Dunyoda
Havola olish
212010

Rossiya Qurolli kuchlari bosh tezkor boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Stanistav Gajimagomedov “Islom davlati”* qayerda qayta tiklanishi mumkinligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 24 apr – Sputnik. Suriyada Furot (Yevfrat) daryosi orqasidagi hududda “Islom davlati”* qayta tiklanishi mumkin.

Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtab bosh tezkor boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Stanistav Gajimagomedov maʼlum qildi.

“Furot daryosi orqasidagi joy izolyatsiya qilingan hudud boʻlib qolmoqda. Hududda istiqomat qiluvchi aholi oʻrtasida separastistik kayfiyatlarni kuchaytirib, Suriya va Iroq hududiy yaxlitligiga tahdid soladi. Shuningdek, “Islom davlati”* xalqaro terrorchilik uyushmasini qayta tiklanishiga olib kelishi mumkin”, - dedi Gajimagomedov Moskva xalqaro xavfsizlik anjumanida.

Uning soʻzlariga koʻra, ushbu hudud, shu jumladan Xajin shahridagi tumanda AQSH operatsiyasi yakunlangan sharoitda transport infratuzilmani tiklash zarurati yuzaga kelgan.

Transport tuzilmasi tiklansa daryoning ikki tomonida istiqomat qiluvchi suriyaliklar oʻrtasida aloqalarni tiklanishiga yordam berdi.  

“Rossiya Federatsiyasi bir necha marta Furot daryosi orqali avtomobil koʻprikni tiklashga harakat qilgan. Biroq bu tashabbus Qoʻshma Shtatlar va ular nazorat qiluvchi kuchlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanmadi. Shunga oʻxshash qadamlar BMT yoʻnalishi boʻyicha ham amalga oshirilgan, biroq hozirgacha masala ochiqligicha qolmoqda”, - deb qoʻshimcha qildi Rossiya mudofaa vazirligi vakili.

Shuningdek, Suriya demokratik kuchlar nazorati ostida boʻlgan El-Xasak provintsiyasida joylashgan qochqinlar lageri hududida ogʻir gumanitar vaziyat saqlanib turibdi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.

Asosiy mavzular