00:12 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
1245 0 0

“ChistoNews” nomli koʻrsatuvda Ramzan Qodirov namozdan keyin yigʻlayotgani aks etgan lavhalar ishlatilgan.

TOSHKENT, 1 may – Sputnik. Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy “ChistoNews” nomli koʻrsatuvda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov namozdan keyin yigʻlayotgani aks etgan lavhalar ishlatilgani uchun barcha musulmonlar oldida uzr soʻradi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Zelenskiy taʼkidiga koʻra, u ushbu rolikdan bexabar boʻlgan, chunki koʻrsatuvni olib bormagan. Koʻrsatuvning oʻsha sonini boshqa muharrirlar guruhi tayyorlagan.

Zelenskiyning aytishicha, unga qoʻngʻiroq qilib, bu video haqida maʼlum qilishgan. Soʻngra bu boradagi fikrini soʻrashgan.

“U yerda bunday vaziyat – musulmon dunyosi. Mana meni nima toʻxtatdi. Men gap nimadaligini bilmasligim, bu voqeani qayta koʻrib chiqishimni aytdim”,- deya taʼkidlagan Zelenskiy. 

Zelenskiy soʻzlariga koʻra, din bu “ogʻriqli mavzudir”, boshqa diniy manfaatlar ustida toʻxtalish esa – “yaxshi emas”.

“Butun musulmon dunyosi oldida yigitlarimiz uchun uzr soʻramoqchiman”, - degan Zelenskiy.

Ukraina MSK Vladimir Zelenskiyni prezidentlik saylovlarida gʻolib chiqqanini rasman eʼlon qildi. U saylovning ikkinchi bosqichida 73,22 foiz ovoz toʻpladi. Amaldagi prezident Pyotr Poroshenko saylovchilarning 24,45 foiz ovozini toʻplab, magʻlubiyatga uchradi.

Asosiy mavzular