23:16 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
2255 0 0

Oksford universiteti professori oʻzga sayyoraliklar haqidagi yangi maʼlumotlarni oshkor qildi.

TOSHKENT, 1 may – Sputnik. Oksford universiteti professori Yang-xe Chi oʻzga sayyoraliklar allaqachon odamlar orasida yashab kelayotganini maʼlum qildi. Bu haqda Mirror nashri xabar qildi.

Professor soʻzlariga koʻra, oʻzga sayyoraliklar odamlari bilan jinsiy yaqinlik qilib, yangi intellektual gibrid irq yaratishgan. Uning taʼkidiga koʻra, bu irq ehtimoliy yadro urushi va iqlimning global isishi sharoitida omon qolish uchun lozim boʻladi.

“Iqlim oʻzgarishi va oʻzga sayyoraliklar oʻgʻirlashi oʻrtasida yaqin aloqa mavjud”, - degan Yang-xe Chi.

Professorning maʼlum qilishicha, Yer yuzida oʻzga sayyoraliklarning jami 4 ta – baland, kichkina, ilon koʻzli tangachali va hasharotlarga oʻxshash turlari mavjud.

Yang-xe Chining aytishicha, odamlar oʻzga sayyoraliklarni hozircha oʻzlarining his qilish organlari cheklangani tufayli koʻrisholmaydi. Biroq Yer yuziga katta falokat yogʻilgan vaqtda oʻzga sayyoraliklarni koʻrish imkoni boʻladi.

Oksford universiteti professori Yang-xe Chi oʻzining oʻzga sayyoraliklar haqidagi kitoblari va ilmiy ishlari bilan tanilgan.

Asosiy mavzular