19:07 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
KNDR zapustila raketы maloy dalnosti

Shimoliy Koreya yaqin masofaga moʻljallangan raketalarni sinovdan oʻtkazdi

© REUTERS / KCNA
Dunyoda
Havola olish
263 0 0

Janubiy koreyalik harbiylar KXDR yaqin masofa raketalari sinovdan oʻtkazgani haqida xabar qildi.

TOSHKENT, 4 may – Sputnik. KXDR qisqa masofaga uchadigan raketalarni sinovdan oʻtkazdi, bu haqda RIA Novosti Kiodo agentligiga asosan xabar qildi.

Janubiy koreyalik harbiylarining maʼlumotiga koʻra, shanba kuni KXDR raketalar Vonsan shahridan Yapon dengiz tomoniga yoʻllangan va 70 kilometrdan 200 kilometrgacha masofani bosib oʻtgan.

Oʻz navbatida, Yaponiya hukumati oʻzining iqtisodiy hududidan hech qanday ballistik raketalar uchishini qayd etmadi.

Pentagon vakili raketalar uchirish faktini tasdiqlay olmasligi va bu xabarlar tekshirishini maʼlum qildi.

Keyinchalik AQSH matbuot kotibi Sara Sanders Oq uy “Shimoliy Koreya harakatlari”dan xabardor ekani va vaziyatni kuzatib borayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Janubiy Koreya prezidenti administratsiyasi xavfsizlik xizmatining yuqori amaldorlar ishtirokida tezkor yigʻilishni tashkil qildi.   

Ikki hafta oldin 17 aprel kuni KXDR yangi taktik boshqariladigan raketalarni sinovdan oʻtkazgandi.

“Yangi qurol” sinov jarayonida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qatnashgan.

Asosiy mavzular