TOSHKENT, 4 may – Sputnik. Braziliyaning Portu-Velyu shahrida avtomobil yoʻlni ulkan ilon toʻsib qoʻydi.
Uch metrli ilon oʻrmondan chiqib, asta-sekinlik bilan avtomobil yoʻl tomon harakatlanadi.
Anakonda shunchalik katta boʻlganki, yoʻl trassada haydovchilar mashinalarni toʻxtatishga majbur boʻlishdi.
Anakondaning uzunligi 3 metr, ogʻirligi esa 30 kilo boʻlgan.
Haydovchilar mashinalardan chiqib, ilonni suratga olishga shoshiladilar.
Internetga joylashtirilgan videolar qisqa vaqt ichida koʻp marta koʻrildi.