Maxachkala aeroportida ikki nafar “Islom davlati” uyushmasi terrorchisi qo‘lga olindi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaPassajiri i bortprovodnitsa v samolete aviakompanii "Aeroflot" vo vremya poleta.
Passajiri i bortprovodnitsa v samolete aviakompanii Aeroflot vo vremya poleta. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Istanbuldan Maxachkalaga uchib kelgan samolyotda “Islom davlati” xalqaro terrorchilik uyushmasi a’zosi borligi aniqlandi.

TOShKENT, 5-may  — Sputnik. Istanbuldan Maxachkalaga uchib kelgan samolyot ichida “Islom davlati”* xalqaro terrorchilik uyushmasi a’zosi borligi aniqlandi.

Lider Islamskogo gosudarstva (IG, zapreshena v RF) Abu Bakra al-Bagdadi - Sputnik O‘zbekiston
“Islom davlati” rahbari so‘nggi besh yil ichida birinchi marta ko‘rinish berdi - video

Samolyot Istanbuldan 26-aprel kuni uchib keldi.

Tekshiruv vaqtida bojxonachilar yo‘lovchilar orasida qidiruvda bo‘lgan shaxs borligini aniqlashadi.

Tezkor ma’lumotlarga qaraganda, u 2016-yilda Suriyaga ketgan va “IShID” tomonida jang qilgan.

Ta’kidlanishicha, shu reys bilan Maxachkalaga yana bir ayol uchib kelgan. U terrorchilar uchun mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullangan.

O‘tgan haftada “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi rahbari Abu Bakr Al-Bag‘dodiy aks etgan videoyozuv paydo bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Al-Bag‘dodiyga o‘xshagan kishi, u pastki qismi qizg‘ish rangga bo‘yagan soqol qo‘ygan. Boshqa video ishtirokchilari bilan suhbat chog‘ida u “ID”ning nazoratida qolgan so‘nggi hudud - Suriyaning Baguz shahri mag‘lubiyatga uchraganini tan oladi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.

Yangiliklar lentasi
0