01:07 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Dunyoda
Havola olish
600 0 0

Afgʻonistonda “Islom davlati” terrorchilik uyushmasining Afgʻoniston shimolida va Markaziy Osiyo jangarilariga rahbarlik qilgan shaxs yoʻq qilindi.

TOSHKENT, 5 may  — Sputnik. Afgʻon maxsus kuchlari “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasining Afgʻoniston shimolida va Markaziy Osiyo jangarilariga rahbarlik qilgan shaxsni yoʻq qilishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.    

Operatsiya juma kuni kechasi amalga oshirildi. Jangarilar yetakchisi Mufti Oʻzbek Afgʻoniston shimoliy qismida jangarilar faoliyatiga javobgar boʻlgan. Shuningdek, teraktlarni rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etgan.

Bundan tashqari, u Markaziy Osiyoda jargarilarining taʼminoti va ularni moliyalashtirish ishlari bilan shugʻullangan.  

Maxsus kuchlar Afgʻoniston shimoliy-sharqiy qismida Baglan provintsiyasida yana uch nafar jangarini yoʻq qilishdi.

Tezkor tadbir davomida qurol-yaroq va harbiy uskunalar aniqlangan.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular