01:11 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
472 0 0

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro harbiylarni AQSH hujum qilgan taqdirda mamlakatni himoya qilishga chaqirdi.

TOSHKENT, 5 may  — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro harbiylarni AQSH hujum qilgan taqdirda mamlakatni himoya qilishga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Agar Shimoliy Amerika imperiyasi qachondir shu yerga, muqaddas yerga hujum qilsa, harbiylar qoʻllarida qurol bilan mamlakatni himoya qilishga tayyor turishi kerak”, - deb taʼkidladi Maduro.

Kuni kecha AQSH hukumatiga Venesuelada yuqori lavozimdagi harbiy yordami berishi haqida OAVlarning xabarlari paydo boʻlgandi.

Birinchi davlat toʻntarishga urinish

Yanvar oyida Venesuelada mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlanadi.

Milliy assambleya yetakchisi Xuan Guaido oʻzini vaqtincha prezident deb eʼlon qilgandi.

Buni AQSH va ayrim boshqa davlatlar qoʻllab-quvvatladi.

Rossiya, Meksika, Xitoy, Turkiya va Indoneziya Venesuela yetakchisini qoʻllab-quvvatladi.

Asosiy mavzular