11:20 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Samolet Suxoy Superdjet 100

Sukhoi Superjet 100 samolyoti haqida

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Dunyoda
Havola olish
Sheremetyevodagi mudhish aviahalokat (8)
873 0 0

Sukhoi Superjet 100 samolyoti – Rossiya yoʻlovchi samolyoti hisoblanadi, u yaqin (3 ming yoki 4,6 ming km) masofa va 100 yoʻlovchiga moʻljallangan.

Samolyot "Grajdanskiye samoletы Suxogo" va Finmeccanica-Alenia Aermacchi kompaniyasi ishtirokida ishlab chiqarilgan.

Sukhoi Superjet 100 samolyoti SSSR parchalangandan soʻng Rossiyada ishlab chiqarilgan birinchi yoʻlovchi samolyot hisoblanadi.

2008 yil mayda SSJ 100 samolyoti birinchi parvozi amalga oshirilgan.

Sborka samoletov Sukhoi Superjet v Komsomolske-na-Amure
© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Sborka samoletov Sukhoi Superjet v Komsomolske-na-Amure

2011 yilda esa SSJ 100 havo kemasi ekspluatatsiyaga kiritilgan.

2019 yil aprel oyi holatiga 139 ta shu turdagi samolyot ekspluatatsiya qilinadi, ulardan 106 tasi Rossiyada, 33 tasi xorij mamlakatlarda (Meksika, Tailand, Qozogʻiston).

Sukhoi Superjet 100 ishtirokidagi aviahalokatlar

Ekspluatatsiya qilishdan boshlab bu turdagi samolyot bir qancha avia hodisalar sodir boʻldi, ulardan ikkitasida koʻplab odamlar halok boʻlgan.

2012 yil 9 mayda Sukhoi Superjet 100-95B, laynerda 45 kishi boʻlgan, Indoneziyada halokatga uchradi. Samolyotda boʻlgan barcha odamlar halok boʻldi (37 yoʻlovchi va 8 nafar ekipaj aʼzolari).

2019 yil 5 may Sukhoi Superjet 100, Moskvadagi “Sheremetevo” aeroportida Murmansk shahriga ketayotgan Sukhoi Superjet 100 yoʻlovchi samolyoti favqulodda qoʻnishni amalga oshirayotgan vaqtda yonib ketdi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 41 kishi halok boʻldi, 37 kishi omon qoldi.

Tergovchilar Sheremetyevo aeroportida sodir boʻlgan aviahalokatning bir nechta versiyasini koʻrib chiqishmoqda.

Asosiylari – pilot, dispetcherlar va samolyotni texnik koʻrikdan oʻtkazgan ishchilarning malakasi yetishmasligi; havo kemasining nosozligi hamda yomon ob-havo sharoitlari.

Rossiya transport nazorati davlat idorasi “Aeroflot”, Sheremetyevo aeroporti hamda havo harakatini tashkil qilish boʻyicha davlat korporatsiyasini rejadan tashqari tekshiruvdan oʻtkazadi.

Mavzu:
Sheremetyevodagi mudhish aviahalokat (8)

Asosiy mavzular