22:56 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Obgorevshiy fyuzelyaj samoleta kompanii Aeroflot Sukhoi Superjet-100

Sheremetyevodagi aviahalokatda Tojikiston fuqarosi halok boʻldi

SK RF
Dunyoda
Havola olish
Sheremetyevodagi mudhish aviahalokat (8)
638 0 0

Aviahalokat oqibatida Xatlon viloyatida istiqomat qiluvchi 28 yoshli Fatxuddin Qurbonbekzoda halok boʻldi.

TOSHKENT, 6 may – Sputnik. Sheremetyevo aeroportida yuz bergan aviahalokatda Tojikiston fuqarosi halok boʻldi.

Samolet Suxoy Superdjet 100
© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev

Bu haqda Sputnik agentligiga Tojikistonning Moskvadagi elchixona maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, Xatlon viloyatida istiqomat qiluvchi 28 yoshli Fatxuddin Qurbonbekzoda halok boʻldi.  

“Biz vaziyatni kuzatib bormoqdamiz”, - deb qoʻshimcha qilindi elchixonada.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 5 may kuni Moskvadagi “Sheremetevo” aeroportida Murmansk shahriga ketayotgan Sukhoi Superjet 100 yoʻlovchi samolyoti favqulodda qoʻnishni amalga oshirayotgan vaqtda yonib ketdi.

Samolyot qoʻnish maydoniga qattiq urilib, yonib ketdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 41 kishi halok boʻldi, 37 kishi omon qoldi.

Tergovchilar tomonidan  aviahalokatning bir nechta versiyasi oʻrganilmoqda.

Asosiylari – pilot, dispecherlar va samolyotni texnik koʻrikdan oʻtkazgan ishchilarning malakasi yetishmasligi;  havo kemasining nosozligi hamda yomon ob-havo sharoitlari.

Rossiya transport nazorati davlat idorasi “Aeroflot”, Sheremetyevo aeroporti hamda havo harakatini tashkil qilish boʻyicha davlat korporatsiyasini rejadan tashqari tekshiruvdan oʻtkazadi.

Mavzu:
Sheremetyevodagi mudhish aviahalokat (8)

Asosiy mavzular