Lavrov CNN jurnalistiga keskin javob qaytardi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishVstrecha glav MID RF i Venesueli S. Lavrova i X. Arreasi
Vstrecha glav MID RF i Venesueli S. Lavrova i X. Arreasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Venesuelada sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida savol bergan CNN telekanali jurnalistini tartibga chaqirib qo‘ydi.

TOShKENT, 7-may – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Venesuelada sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida savol bergan CNN telekanali jurnalistini tartibga chaqirib qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

SPUTNIK_Lavrov viskazalsya o predpolagayemoy ximicheskoy atake v siriyskoy Dume - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov "Chegara bilmas reportorlar"ning navbatdagi tashabbusini tanqid qildi

CNN telekanali jurnalisti Lavrovdan Rossiyaning “AQShning Venesuelaga kuch bilan bostirib kirishini” to‘xtatib qolish uchun biror imkoniyatlari bor-yo‘qligi haqida so‘radi.

“Ba’zilar kompaniyangizni “feyk nyuz” deb ataydi, biroq siz hozir “feyk savol” berapsiz”, - dedi Rossiya TIV vaziri.

Lavrov o‘zining bu so‘zlari bilan AQSh prezidenti Donald Trampning telekanalni ishonchsiz xabarlarni tarqatishda ayblab yozgan ko‘plab tvitlari haqida eslatib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0