07:14 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
74930

Turkiyada oʻtkazilgan “Koinot goʻzali 2019” tanlovida qozogʻistonlik Leyla Kuljanova gʻolib boʻldi.

TOSHKENT, 8 may – Sputnik.  Oʻttiz yetti yoshli qozogʻistonlik Leyla Kuljanova “Koinot goʻzali” mukofotini qoʻlga kiritdi.

Universe Beauty 2019 goʻzalik tanlovi Turkiyada oʻtkazildi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Kuljanova Leyla Vladimirovna (@leilakulzhanova_2609)

1-8 may kunlari oʻtkazilgan tanlovda 20 dan ortiq mamlakat ishtirokchilari qatnashdi.

Universe Beauty goʻzalik, moda, isteʼdod boʻyicha eng obroʻli festival hisoblanadi.

Tanlovda turli davlatlardan xalqaro tanlov gʻoliblari ishtirok etadi.

Tanlovning birinchi bosqichida modellar milliy va sport liboslarda ishtirok etishadi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Konkursы krasotы, modeley (@worldbeauty_official)

Yakuniy bosqichda tanlov qatnashchilari kechki liboslarda podiumga chiqishadi.

Leyla Kuljanova  Qozogʻiston Xalq bankining "Xalыk-Life" sugʻurta shoʻba korxonasining direktori, shuningdek, Qozogʻiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining aʼzosi hisoblanadi.

Kuljanova ikkita oliy maʼlumotga ega  - yuridik va moliya, kandidatlik dissertatsiyani himoya qilgan. Ikki nafar farzandi bor.  

Oʻtgan yili “Miss Oila 2018” mukofotini qoʻlga kiritgan.

Asosiy mavzular