06:31 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
1013 0 0

Tursunzoda shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro qizining moʻysargiron (soch olish marosimi)ni katta dabdaba bilan nishonlagani uchun qonun oldida javob berdi.

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Tursunzoda shahar sudi fuqaroni “Tojikiston Respublikasida urf-odatlar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunni buzganligi uchun jarimaga tortdi. Bu haqda Tojikiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, tursunzodalik qizining soch toʻyini oʻtkazgan va marosimga 25 nafar qarindoshlari va qoʻshnilarini mehmon sifatida chaqirgan.

“Tojikiston Respublikasida urf-odatlar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunga binoan farzand tugʻilishi bilan bogʻliq va shunga oʻxshash marosimlar faqat oila davrasida, ortiqcha sarf-xarajatsiz hamda dabdabasiz nishonlanishi kerak”, - deyiladi xabarda.

Sud fuqaroga 5,5 ming somoniy (583 dollar) jarima toʻlash majburiyatini yukladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Tojikistonning Soʻgʻd viloyatida boʻlgan toʻyda kortej juda uzun boʻlgani uchun toʻy egasi jarimaga tortilgani haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular