07:56 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Sitsiliyada uylar 1 yevrodan sotilmoqda...

© Wikipedia /
Dunyoda
Havola olish
998 0 0

Sitsiliya shaharlaridan birida, hokim xorijiy fuqarolarga uylarni 1 yevrodan sotib olishni taklif qildi.

TOSHKENT, 12 may – Sputnik. Italiyaning Sitsiliya oroli markazida joylashgan Mussomeli shaharchasi meri Djuzeppe Kataniya shahar tarixiy markazidagi uylarni xorijiy fuqarolarga 1 yevrodan sotib olishni taklif qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Ushbu taklifning faqat bitta sharti bor – mulkning yangi egasi sotib olingan uyni taʼmirlab yaroqli holatga keltirishi kerak. Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu tadbir shahar markazini yashash uchun qulay qilishga qaratilgan kampaniyaning bir qismidir.

Eʼlon shahar maʼmuriyati rasmiy saytida chop etilganidan soʻng yuzlab xorijiy fuqarolardan takliflar kelib tushgan. Soʻnggi 3 hafta davomida Belgiya, Gollandiya, Frantsiya, Avstraliya fuqarolaridan 380 ta takliflar kelib tushgan.

Shahar hozircha faqat 100 ta qarovsiz uyni savdoga chiqargan, kelajakda ushbu uylar soni oshishi mumkin. Maʼmuriyat vakilining aytishiga qaragandan Mussomelida eng koʻpi bilan 600 ta uy sotilishi mumkin.

“Bizning shahar Sitsiliyaning markazida joylashgan. Mahalliy oʻlchamda u ancha yirik shahar hisoblanadi. Mussomelida 11 kishi yashaydi, lekin soʻnggi yillarda aholi soni kamayishi kuzatilmoqda.Yoshlar ish qidirib katta shaharlarga koʻchib ketmoqda, shahar tarixiy markazidagi binolar esa boʻshab eskirib qolmoqda.

Ushbu vaziyatda biz Sitsiliyani yaxshi koʻradigan, bu yerga dam olish uchun tez-tez kelib turadigan xorijiy fuqarolarga boʻshab qolgan uylarni ramziy 1 yevro qiymatida sotib olishni taklif qildik. Koʻchmas mulkning yangi egasi faqat uyni taʼmirlab yaroqli holga keltirsa kifoya”, - deydi shahar meri Kataniya.

Mussomeli boy tarixga ega boʻlgan shahar. U 1500 yil oldin paydo boʻlgan. Shahar togʻli joyda, dengiz sathidan 765 metr balandlikda joylashgan. Bu yer qishda quruq, yozda 30-32 daraja issiq boʻladi. Xalqaro aeropordan 150 km, qirgʻoq boʻyida joylashgan yirik shaharlardan oʻrtacha 50 km masofada joylashgan.

“Biz oʻz shahrimiz bilan gʻururlanamiz. Bu yer tinch va qulay yashash uchun yaxshi joy. Mussomelida kriminal maʼnoda ham juda tinch. Oʻtgan 3 yil davomida bu yerda birorta ham ogʻir jinoyat sodir etilmagan. Bir necha oʻgʻirlik boʻlgan xolos”, - deydi shahar meri.

Sitsiliyada ana shunday noodatiy tadbirlar birinchi marta eʼlon qilingani yoʻq. 2008 yilda Salemi shahrida sodir boʻlgan kuchli zilziladan soʻng shahar meri Vittorio Zgarbi ham ana shunday aktsiya eʼlon qilgan edi. Oʻshanda istalgan kishiga zilziladan zarar koʻrgan uylarni arzon sotib olib qayta tiklash taklif qilingan edi.

Asosiy mavzular