08:34 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Rossiyaning eng yoshi ulugʻ qariyasi 123 yoshda vafot etdi  

© Cyclowiki
Dunyoda
Havola olish
498 0 0

Ingushetiyalik 123 yoshda vafot etgan qariya dunyoning eng yoshi ulugʻ kishisi boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 12 may – Sputnik. Ingushetiya shifoxonasida 10 may kuni Rossiyaning eng yoshi ulugʻ qariyasi – Alpaz Iliyev vafot etdi, deb xabar qilmoqla “360tv” telekanali, respublika rahbari Yunus-Bek Yevkurovga asosan.

“Bizning ulugʻ yosh qariyamiz, Rossiyaning eng yoshi ulugʻ fuqarosi Alpaz Iliyev 123 yoshida olamdan oʻtdi. Alpaz Lorosovich bir necha avlodlar almashuvining guvohi boʻlgan, 8 farzandni, voyaga yetkazgan. Uning 34 nabirasi va 35 nafar evarasi va bir necha chevaralari bor. U kishi xushkoʻngil qariya edilar. Bunga men oʻzim bir necha bor shaxsan amin boʻlganman”, - deb yozgan oʻz Instagramida Yevkurov.

Iliyev 6 may kuni Magas shahridagi Respublika klinik shifoxonasining reanimatsiya boʻlimiga tushib qolgan. Shifokorlar uning holatini juda ogʻir deb baholashgan.

Alpaz Iliyev 1896 yilning 1 martida tugʻilgan. U Rossiya rekordlar kitobiga eng yoshi ulugʻ fuqaro sifatida kiritilgan. U kishi hech qachon tamaki chekmagan, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmagan. Shuningdek u kishi dori vositalaridan imkon qadar kamroq foydalanishga harakat qilgan. Alpaz Iliyev Birinchi jahon urushida ishtirok etgan. Ayni damda Ingushetiya maʼmuriyati Iliyevni dunyoning eng yoshi ulugʻ kishisi sifatida tan olish borasida ariza tayyorlamoqda.  

Asosiy mavzular