Samaraga uchgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti Moskvaga qaytib keldi

© Sputnik / Aleksandr KrajevStuardessa proverayet bagajnie polki v salone samoleta Sukhoi Superjet 100
Stuardessa proverayet bagajnie polki v salone samoleta Sukhoi Superjet 100 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samolyot Novo-Petrovo aholi turar joyidan o‘tayotgan vaqtda samolyot ekipaji ortga qaytishga qaror qildi.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Moskvadan Samaraga uchgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti Sheremetyevo aeroportiga qaytib keldi, bu haqda Flightradar xabar qildi.

Obgorevshiy fuzelyaj samoleta kompanii Aeroflot Sukhoi Superjet-100 - Sputnik O‘zbekiston
Sheremetyevodagi aviahalokatda Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, SSJ-100 samolyoti Sheremetyevo aeroportidan soat 1:59 da uchib chiqqan.  Biroq, Vladimirskiy viloyatining Novo-Petrovo aholi turar joyidan o‘tayotgan vaqtda samolyot ekipaji ortga qaytishga qaror qildi.

SU1206 raqamli reys mahalliy vaqt bilan soat 4:30da kelish kerak bo‘lgan. Ammo endi kelish vaqti 1,5 soatga kechiktirildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 5-may kuni Moskva-Murmansk yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan Sukhoi Superjet100 samolyoti halokatga uchradi.

Parvozning 28 daqiqasidan so‘ng ekipaj aeroportga favqulodda qaytishga qaror qildi.

Yomon ob-havo tufayli samolyot ikkinchi urinishdan so‘ng yerga qo‘nishga erishdi.

Keskin qo‘nish natijasida layner shassi stoykalari sinib ketib, samolyot dvigatellari yonib ketadi.

Keyinchalik yong‘in tezlik bilan samolyotning qanot qismiga o‘tadi. Halokat oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi, 33 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zolari omon qoldi.

Aviafalokat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergovchilar Sheremetyevo aeroportida sodir bo‘lgan aviahalokatning bir nechta versiyani ko‘rib chiqishmoqda. Asosiylari – pilot, dispetcherlar va samolyotni texnik ko‘rikdan o‘tkazgan ishchilarning malakasi yetishmasligi; havo kemasining nosozligi hamda yomon ob-havo sharoitlari.

Yangiliklar lentasi
0