14:55 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon, arxivnoye foto

“Nega mening farzandlarim nomidan gapirasan?”: Rahmon yolgʻonchi amaldorni sharmanda qildi

© Press-slujba prezidenta Respubliki Tadjikistan
Dunyoda
Havola olish
150810

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon moliya, bank, bojxona va soliq xodimlari bilan boʻlgan yigʻilishda bojxona xizmati xodimini soʻroq qilib, uning yolgʻonchi ekanligini fosh qildi. Barchaning oldida sharmanda qilib, ishdan boʻshatdi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon moliya, bank, bojxona va soliq xodimlari bilan boʻlgan yigʻilishda bojxona xizmati xodimini soʻroq qilib, uning yolgʻonchi ekanligini fosh qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Prezidentning mazkur bojxona xodimi qilgan suhbati “Tojikiston” markaziy davlat telekanali orqali efirga uzatildi.

Rahmon amaldorni mikrofon qarshisiga chorlab, quyidagi savollarni beradi:

Emomali Rahmon: Necha yildan beri ishlayapsan?

Bojxonachi: Bir yilu sakkiz oy.

Emomali Rahmon: Bir yilu sakkiz oy? Nechta uying bor? Rostini ayt!

Bojxonachi: Uchta.

Emomali Rahmon: Nechta mashinang bor?

Bojxonachi: Bitta.

Emomali Rahmon: Bitta emas, toʻgʻrisini ayt. Qoʻlimda maʼlumotlar bor.

Bojxonachi: Ikkinchisi meniki emas. Bittasi mening nomimda.

Emomali Rahmon: Bittasi boshqa kishining nomida, bittasi esa sening nomingda. Mashinang necha pul turadi?

Bojxonachi: ... (sukunat)

Emomali Rahmon: Nechta xorijiy tilni bilasan?

Bojxonachi: Uch tilni bilaman.

Emomali Rahmon: Qaysi oliygohni bitirgansan?

Bojxonachi: Rossiya dipakademiyasini, Muhtaram janob...

Emomali Rahmon: Yolgʻon aytyapsan, bitirmagansan.

Bojxonachi: Davlat xizmati... shunday, shunday.

Emomali Rahmon: Bitirmagansan, yolgʻon gapirma!

Bojxonachi: Ha, bitirmaganman, Muhtaram janob, sababi shundaki...

Emomali Rahmon: Savodsizliging uchun haydab yuborishgan. Nega davlat rahbarining farzandlari nomidan gapirasan? Yosh kadr ahvoliga qarang! Gunohing boshingdagi sochingdan ham ziyod. Tushundingmi? Qayerda ishlagan boʻlsang, hamma joyda senga jazo berib, haydab yuborishgan. Seni qanday qilib ishga olishganiga hayronman. Hech kimga itoat qilmaysan. Hatto salom bermaysan! Nima, osmondan tushganmisan? Qonun nima va kim uchun? Gunohing yoʻqmi? Kamchiliging yoʻqmi?

Bojxonachi: Bor, bor.

Emomali Rahmon: Borasanda, arizangni yozasan, yoʻqolasan! Yoshsanda, boʻlmasa kamida 15 yil qamoqda oʻtirarding.

Suhbat soʻngida Rahmon amaldorga xorijga chiqarib yuborgan pullarini qaytarishni buyurdi.

Asosiy mavzular