22:17 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Ukraina Bosh prokuraturasi Poroshenkoga qarshi tergov boshladi

© Sputnik / Stringer
Dunyoda
Havola olish
391 0 0

Kiyevning Okrujnoy maʼmuriy ishlari sudi sudyalari Pyotr Poroshenko tomonidan bosim oʻtkazilayotgani haqida Bosh prokuraturaga shikoyat qilishgan.

TOSHKENT, 13 may – Sputnik. Ukraina Bosh prokuraturasi amaldagi prezident Pyotr Poroshenko va yuqori lavozimli amaldorlarni Kiyevning Okrujnoy maʼmuriy ishlari sudida faoliyatiga aralashuvi boʻyicha sud oldi tergovni boshladi.

Xabarda aytilishicha, ushbu sudda Privatband milliylashtirilishiga doir ishi koʻrib chiqilgan.

Kiyevning Okrujnoy maʼmuriy ishlari sudyalari, Milliy bank raisi Yakov Smoleg va Adliya vaziri Pavel Petrenko prezident tomonidan bosim oʻtkazilayotgani haqida shikoyat qilishidan soʻng Ukraina bosh prokuraturasi Poroshenkogo qarshi tergov ishini boshladi.

Bundan avval Poroshenko Milliy xavfsizlik kengashiga Kiyevning Okrujnoy maʼmuriy ishlari sudyalarining ish faoliyatini tezlashtirish haqida topshiriq bergandi.

Bu sudda Privatbank milliylashtirish boʻyicha ishbilarmon Igor Kolomoyskiyning daʼvo arizasini koʻrib chiqilgan.

Shuningdek prezident Xavfsizlik kengashi va Bosh prokuraturaga ushbu sud ishi bilan bogʻliq holatlar yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatish asoslarini tahlil qilish haqida topshiriq bergandi.

Sud rahbari Pavel Vovkaning soʻzlariga koʻra, Poroshenko qonunchilik talablarini buzgan.

Oʻtgan haftada ushbu sudda Privatbankning milliylashtirilishini noqonuniy deb topdi.

Ushbu qaror Kolomoyskiyning daʼvo arizasiga asosan qabul qilindi.

Hozirgi vaqtda Ukraina Moliya vazirligi va Milliy banki apellyatsiya shikoyatini tayyorlamoqda.

Poroshenko Privatbankning Kolomoyskiyga qaytishi Ukrainada iqtisodiy inqiroz tahdidi haqida bir necha bor aytib kelgan.

Asosiy mavzular