15:35 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Gossekretar SSHA Mayk Pompeo

AQSH bosh kotibi Moskvaga tashrifini bekor qildi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy
Dunyoda
Havola olish
472 0 0

AQSH bosh kotibi Mayk Pompeo Moskvaga tashrifini bekor qildi.

TOSHKENT, 13 may – Sputnik. AQSH bosh kotibi Mayk Pompeo Moskvaga tashrifini bekor qildi. Bu haqda RIA Novosti Frans Press agentligiga asosan xabar qildi.

Biroq, seshanba kuni rejaga muvofiq u Sochida Vladimir Putin va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashadi.

TIV maʼlum qilishicha, Moskva ushbu uchrashuvda barcha mavzular muhokama qilinishiga umid qiladi: Venesueladan tortib qurolni nazorat qilishgacha.

Dushanba kuni siyosatchi Bryusselga yoʻl oldi. Pompeo u yerda yevropalik yetakchilar bilan dolzarb masalalar, shular ichida Eron yadroviy kelishuv bilan yuzaga kelgan holatni muhokama qiladi.

Bundan avval AQSH bosh kotibi Berlin va Grenlandiyaga tashrifini bekor qilgandi.

Oʻtgan haftada Tehron Eron yadroviy dasturi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishni toʻxtatishi haqida Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Xitoy va Rossiyaga maktub yuborgandi.

Tehron barcha cheklovlarga amal qilishga majbur emas deb hisoblaydi va bitimning ikkita bandi boʻyicha oʻz siyosatini oʻzgartiradi. Ular boyitilgan uran va ogʻir suv zaxiralarini saqlash bilan bogʻliq.

2015 yil Eron va 6 ta xalqaro vositachilar (Rossiya, AQSH, Britaniya, Xitoy, Frantsiya, Germaniya) koʻp yillik muammo – Eron atomi boʻyicha tarixiy kelishuvga erishilgandi.

2018 yil may oyida Donald Tramp Vashington bitimdan chiqishini eʼlon qildi. Shuningdek, AQSH prezidenti Tehronga nisbatan barcha sanktsiyalar tiklanishini maʼlum qildi. Shu jumladan, Eron bilan biznes qiladigan mamlakatlarga nisbatan ham santsiyalar joriy etilishi haqida aytib oʻtgandi. Bundan tashqari, Eron neftini eksportini 0 darajasiga yetkazish maqsadi oʻrganib chiqildi.

Qolgan beshta davlat va Tehron AQSH sanktsiyalarini chetlab oʻtish boʻyicha hisob-kitob uchun moliyaviy mexanizmini ishlab chiqishga kelishishdi.

Asosiy mavzular