13:00 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Musulmanka v xidjabe

Ayollarni 19 martalab erga berishmoqda: Suriyada 6 yil yashagan qozogʻistonlik ayol hikoyasi

© Flickr/ janet_ro2000
Dunyoda
Havola olish
193310

Ayolning yashash sharoitlari juda yomon boʻlgan, biroq u qatl qilinishdan qoʻrqib, qarindoshlariga vataniga qaytish haqidagi istagi haqida aytishga qoʻrqqan.

TOSHKENT, 13 may – Sputnik. Suriyada 6 yil yashagan va vataniga qaytgan qozogʻistonlik ayol urushdagi hayoti haqida soʻzlab berdi. Sputnik Qozogʻiston xabariga asosan.

33 yoshli ayolning soʻzlariga koʻra, 2010 yilda u dindor odamga turmushga chiqadi. Ikki yildan soʻng turmush oʻrtogʻi ishlash uchun xorijga ketadi. Ayol eri aynan qayerga ketgani haqida bir oydan keyin bilib qoladi.

“Oʻsha vaqtda 8 yoshli qizim boʻlgan. Turkiyadan Suriyaga oʻtish oson, u yerda hech qanday toʻsiqlar yoʻq. Biz kichkina qishloqqa keldik. Bir hafta oʻtgach men vatanimga qaytishni istadim, biroq erim meni qaytib olishmasligini aytdi”, - deya qozogʻistonlik ayol oʻz hikoyasi bilan oʻrtoqlashdi Qozogʻiston TIV binosida.

Suriyada 6 yil hayoti davomida ayol ikki marta farzandli boʻladi. Farzandlardan biri sanitariya holati yoʻqligi uchun vafot etadi. Ikkinchi farzand omon qolib, 2019 yilda “Jusan” operatsiyasi chogʻida onasi bilan eson-omon Qozogʻistonga qaytdi.

“2017 yilda turmush oʻrtogʻim halok boʻldi, bu qanday holatda boʻlganini bilmayman. Oʻsha paytdan boshlab men vatanga qaytish harakatiga tushdim. Yashash sharoitimiz juda yomon edi. Qozogʻistondagi yaqinlarim bilan kamdan kam aloqa qilganman. Qaytish istagi haqida ularga ayta olmaganman, chunki barcha soʻzlashuvlar eshitilardi, meni qatl etishlari mumkin edi”, - deya davom etdi ayol.

Ayolning soʻzlariga koʻra, turmush oʻrtogʻi vafot etgan ayollar boshqa erkaklarga erga beriladi. Suriyada 6 yil yashagan vaqtda 19 martalab erga tekkan ayollarni koʻrgan.

“Turmush oʻrtogʻi halok boʻlsa, 4 oy va 10 kun kutish udumi bor. Ular buni kutib turishadi. Shu kun kelganda, u yerga turli erkaklar kelib, uylanish uchun ayollarni olib ketishadi. Shunga ular sharoit yaratishadi. Eri halok boʻlgan ayolni boshqa koʻp ayollar yashaydigan uyga olib kelishadi. Uyda suv, ovqat, chiroq yoʻq. Shuning uchun ayollar chorasizlikdan erga tegadi”, - deydi 33 yoshli qozogʻistonlik ayol.

Yanvar oyida oʻgʻli bilan Qozogʻistonga qaytga ayol koʻp vaqt kasal boʻladi va yangi hayotga oʻzoq vaqt koʻnika olmadi.

Hozirgi vaqtda ona bolaning sogʻligʻi yaxshi, ayol ishga joylashdi va vatanga qaytish inkoniyati berilgani uchun minnatdor.  

Shu yil 6 yanvarda Qozogʻiston tomonidan “Jusan” birinchi gumanitar operatsiyasi amalga oshirildi. Oʻsha vaqtda Suriyadan 47 nafar Qozogʻiston fuqarolari, ulardan 30 nafar bola, 11 nafar ayol va 6 nafar erka olib kelindi.

Ikkinchi operatsiya 7 va 9 may kuni amalga oshirildi. Suriyadan 231 nafar kishi, ular ichida 156 bolalar olib kelindi.

Asosiy mavzular