15:06 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Jenщina obnimayet nogi. Illyustrativnoye foto

Qozogʻistonlik ayol guruh boʻlib jinsiy zoʻrlandi: jinoyatchi Qirgʻizistonda qoʻlga olindi

CC0 / pixabay
Dunyoda
Havola olish
171940

Qirgʻizistonda qoʻshni respublika hududida ayolni guruh boʻlib jinsiy zoʻrlagan shaxs qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 13 may – Sputnik. Qirgʻiziston jazoni ijro etish xizmati oʻz vatanida oʻta ogʻir jinoyatni sodir etgan Qozogʻiston fuqarosini ekstraditsiya qildi.  

“Qirgʻiziston Bosh prokuraturasi oʻta ogʻir jinoyatni sodir etgan Shokan Abilkasimovni berish haqida Qozogʻiston bosh prokuraturasining soʻrovini qanoatlantirdi”, - deyilgan xabarda.

Qozogʻiston fuqarosi Shokan Abilkasimov Nur-Sultonda istiqomat qiluvchi ayolni guruh boʻlib zoʻrlash jinoyatini sodir etishda gumonlanuvchi tariqasida xalqaro qidiruvga berilgandi.

2019 yilda qirgʻizistonlik huquq tartibot organ xodimlari Chuy viloyatining Alamudun qishlogʻida gumonlanuvchini qoʻlga olishgandi.

Qozogʻiston fuqarosini ekstraditsiya qilish Qirgʻiziston jazoni ijro etish xizmati tomonidan amalga oshirildi.

6 may kuni Abilkasimov vataniga qaytarilib, mamlakatning vakolatli organlariga topshirildi.

Nur-Sultonda ayolni guruh boʻlib zoʻrlash holati

2017 yil yoz mavsmida Qozogʻiston poytaxtida jinoyat sodir etildi. Jabrlangan ayol jinoyatchilardan qochishga uringan va uy oynasidan sakragan, buning oqibatida jiddiy jarohat olgan.

Jinoyat sodir etilgandan soʻng jinoiy guruhning ishtirokchilardan biri Murat Idrisov deyarli darhol qoʻlga olingan.

2018 yilda 18 yanvarda sud tomonidan Idrisov jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Ikkinchi gumonlanuvchi – Shokan Abilqasimov esa qochib ketgandi.

Asosiy mavzular