Tramp Oq uyda iftorlik uyushtirdi - video

© Foto: press-slujba Belogo domaDonald Tramp oplatil priyem v Belom dome
Donald Tramp oplatil priyem v Belom dome - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iftorlik marosimida AQSh prezidenti Donald Tramp nutq so‘zlab, islom olamini muqaddas Ramazon oyi bilan tabrikladi.

TOShKENT, 14-may – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp 13-may kuni Oq uyda iftorlik o‘tkazdi, deb xabar qildi Global News.

Mehmonlar ro‘yxatiga asosan musulmon davlatlarining dipmissiya rahbarlari kiritildi. Iftorlikda Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Misr, Turkiya, BAA, Tunis, Iroq, Qatar, Baxreyn, Marokko, Aljir va Liviya elchilari qatnashdi.

O‘z navbatida AQSh musulmon ijtimoiy jamoalar vakillari qatnashmadi.

Tadbir davomida AQSh prezidenti Donald Tramp nutq so‘zlab, islom olamini muqaddas Ramazon oyi bilan tabrikladi.

“Ramazon bu AQSh va butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas oydir”, - deb ta’kidladi AQSh prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, AQSh yetakchisi Oq uyda ketma-ket ikki yil davomida iftorlik tashkil qilmoqda. Biroq 2017-yilda bu tadbir qoldirilgandi, bu holat keskin tanqidga uchragandi.

Yangiliklar lentasi
0