Kokorin va Mamayev jinoiy ishida guvoh bo‘lgan ayol balkondan tushib ketdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishRassmotrenie po sushestvu ugolovnogo dela v otnoshenii A. Kokorina i P. Mamayeva
Rassmotrenie po sushestvu ugolovnogo dela v otnoshenii A. Kokorina i P. Mamayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kokorin va Mamayev jinoiy ishida guvoh bo‘lgan Yekaterina Bobkova Chexiyada kurort mehmonxona balkonidan tushib ketdi.

TOShKENT, 14-may – Sputnik. Futbolchilar Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev ishi bo‘yicha guvoh bo‘lgan Yekaterina Bobkova Chexiyada kurort mehmonxona balkonidan tushib ketdi.

Hozirgi vaqtda ayol koma holatida.

Ta’kidlanishicha, ayol balkondan tushib ketgan va ko‘plab jarohatlar oldi. Voqea 11-may kuni  Shpindleruv-Mlineda sodir bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda ayol Grades-Kralove shahridagi shifoxonaga yotqizildi.

Oglashenie prigovora A. Kokorinu i P. Mamayevu - Sputnik O‘zbekiston
Kokorin va Mamayevga yakuniy sud hukmi chiqarildi

“Rossiya fuqarosi Yekaterina Bobkova 10-may kuni ko‘plab jarohatlar bilan shifoxonamizga olib kelindi. Hozircha neyroxirurgiya bo‘limida sun’iy koma holatida. Batafsil ma’lumotni faqat Bobkovaning qarindoshlariga berishimiz mumkin”, - deb ta’kidladi shifokor Grades-Kralove Pavel Travnichek.

Yekaterina Bobkova – futbolchilar ishida asosiy guvohlardan biri.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 8-oktabr kuni aka-uka Kokorinlar va Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va “NAMI” tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni kaltaklashgan edi. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgandi.

Bobkova o‘sha vaqtda futbolchilar bilan birga bo‘lgan.  

13 may kuni Moskva Presnenskiy sudi futbolchilar Kokorin va Mamayevga yakuniy hukmni chiqargandi.

Sud Kokorin va Mamayevni bezorilik maqsadida odam sog‘lig‘iga yengil ziyon yetkazish harakatlarini sodir etishda aybdor deb topdi.

Aleksandr Kokoringa 1-yil 6-yil, Pavel Mamayevga esa 1-yil 5 oy umumiy tartibdagi koloniya jazosi berildi.

Yangiliklar lentasi
0