07:25 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Ucheniya MCHS

Saudiya Arabistoni neft quvuriga uchuvchisiz apparatlar hujum qildi

© Sputnik / Igor Zarembo
Dunyoda
Havola olish
514 0 0

Portlovchi moddalar yuklangan dronlar hujumi oqibatida, neft qazib olish stantsiyasida yongʻin chiqdi.

TOSHKENT, 14 maya – Sputnik. Saudiya Arabistonidagi “Sharq – Gʻarb” neft quvurining ikkita nasos stantsiyasiga dronlar hujum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Saudiya energetika vaziri Xalid al-Falixga asosan.

Vazir soʻzlariga koʻra, voqea seshanba kuni tong soat 06:00 – 6:30 orasida sodir boʻlgan. Neft quvuriga portlovchi moddalar yuklangan dronlar hujum qilgan. Oqibatda 8 stantsiyada yongʻin sodir boʻlgan, lekin uni tezda oʻchirilgan.

Hujum uyushtirilgan neft quvuri mamlakat Sharqiy hududidan Gʻarbiy qismida joylashgan portlarga xom-ashyo yetkazib beradi.

Saudiya Arabistoni hukumatiga qarashli boʻlgan Aramco neft kompaniyasi ushbu hujumni “qoʻrqoqlarcha malga oshirilgan terakt va diversiya” deb atadi.

Eslatib oʻtamiz, shiya qoʻzgʻolonchilariga qarashli boʻlgan "Ansar Alla" guruhi bugun ertalab Saudiya Arabistoni hududida bir necha obʼyektlarga hujum uyushtirishni rejalashtirayotganini xabar qilgan edi. Ulan Yaman hududidan turib Saudiyaning muhim infratuzilma obʼyektlariga zarba berishni rejalashtirgan. Ular aytishiga qaraganda, hujumlar Saudiya “zoʻravonlik va blokadani bas qilmaguniga” qadar davom etadi.

Asosiy mavzular