14:42 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92

AQSH davlat kotibi Putin va Lavrov bilan muloqotni qanday baholadi?

© Sputnik / Sergey Guneyev
Dunyoda
Havola olish
338 0 0

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar oʻtkazdi.

TOSHKENT, 15 may - Sputnik. AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan olib borgan muzokaralarini ijobiy baholadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, Mayk Pompeo ikki davlat muhim masalalarni hal etishda hamkorlik qilishlari mumkinligini eslatgan.

“Bugungi uchrashuvlar oldinga tashlangan ijobiy odim boʻldi. AQSH va Rossiya oʻtmishda muhim xalqaro masalalar boʻyicha hamkorlik qilishlari mumkinligini namoyon qilishdi.  Biz Rossiyani ikki davlat xalqlari manfaatiga mos tarzda hamkorlik qilishga chaqiramiz”, - deb yozgan Pompeo Twitter᾽dagi sahifasida.

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bu uning Rossiyaga AQSH davlat kotibi sifatidagi ilk tashrifi boʻldi. Pompeo ushbu lavozimga 2018 yil mart oyida tayinlangan.

Asosiy mavzular